#Tashkilot_bilan_hamkorlik
#Sessiya_oldi_o'rganish
📌 DEPUTAT NAZORATI: “AYOLLAR DAFTARI” BO‘YICHA
👤 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi S.Safarov tomonidan Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Ayollar daftari”ning 7-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi.
👩🦰 O‘rganish davomida individual dasturlarda belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi, xotin-qizlarning muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida Oila va xotin-qizlar bo‘limi bosh mutaxassisi A.Qodirov bilan suhbatlashildi.
📋 Shuningdek, sessiyada ko‘rib chiqiladigan masala yuzasidan tegishli ma’lumotlar o‘rganib chiqildi.
🔎 Mazkur masala deputatlik nazorati doirasida o‘rganilmoqda.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube