Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining 15-Bog‘izag‘on saylov okrugi deputati B. Xamrayev tomonidan ijtimoiy xodim bilan hamkorlikda hududdagi ijtimoiy ehtiyojmand xonadonlarda o‘rganish ishlari olib borildi.
✅O‘rganishlar davomida fuqarolarning yashash sharoiti, mavjud muammolari va ehtiyojlari xonadonbay o‘rganilib, murojaat va takliflari tinglandi.
✅Aniqlangan muammolarni tegishli tartibda o‘rganish, fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda ijtimoiy masalalarni hal etish yuzasidan zarur choralar belgilab olindi.
✅Bunday o‘rganishlar aholining muammolarini bevosita joyida aniqlash va ularni o‘z vaqtida hal etishga qaratilgan.