Kambag‘allikni qisqartirishda deputatlik va jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonova hamda Adolat SDP tuman Kengashi raisi Nodirbek Karimov tomonidan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu jarayonlarda deputatlar va jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Muhokama davomida aholi muammolarini xonadonbay o‘rganish, har bir oila uchun individual yondashuv asosida aniq chora-tadbirlarni belgilash hamda amalga oshirilayotgan ishlar ustidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar, ishsiz fuqarolar hamda mehnat migratsiyasida bo‘lgan shaxslar bilan manzilli ishlash, ularning bandligini ta’minlash va daromad manbalarini yaratish bo‘yicha aniq rejalar asosida ish olib borish zarurligi ta’kidlandi.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligini muntazam monitoring qilish, hududlarda aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda har bir oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
Masalalar yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar deputatlik va jamoatchilik nazoratida bo‘lishi belgilandi.
⌛ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.⬇️
✅Telegram |✅Facebook | 🎬YouTube | 📱Instagram |🌐E-Kengash.uz