35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktab hududidagi yaroqsiz suv havzalari deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Yoshlar bilan ishlashdagi muammolar va ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Aholi ijtimoiy farovonligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va oilalar uchun barqaror daromad manbalarini yaratishga qaratilgan ishlar davom etmoqda.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Navro‘z MFYda ko‘chaboshilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat M.Mirzayev 17-Navro‘z saylov okruglida “Ariq bo‘yi” mahallasida o‘rganish olib borildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI
янв.21
Eshonguzar ko‘chasidagi yo‘l-ta’mirlash ishlari bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Deputat_faoliyati #MurjaatlarDaftari

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov hamda Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 18-“Olmazor” saylov okrugidan saylangan deputati Xo‘jaqulov Xurram Ziyatovich boshchiligida “Ekraz” mahallasida mahallani “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ga keltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xonadonbay va joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbirda mahalla yettiligi vakillari, ko‘chaboshilar hamda faol va nuroniy fuqarolar ishtirok etdi.

O‘rganish davomida quyidagi asosiy yo‘nalishlar tahlil qilindi:

📌 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik: Aholi bandligini ta’minlash, xonadonlarning daromad manbalarini ko‘paytirish hamda oilaviy tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rib chiqildi.

📌 Aholi bilan muloqot: Doimiy muloqot asosida fuqarolarni qiynayotgan maishiy va ijtimoiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriq va tavsiyalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 6