Qurilish ishlari o‘rganildi Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati B. Adilov tuman hokimining o‘rinbosarlari hamrohligida Madaniyat mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Tashrif davomida Madaniyat mahallasi binosi qurilishi hamda aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish imkonini yaratishga mo‘ljallangan piyodalar yo‘lakchasi qurilishi jarayoni ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar bilan birgalikda qurilish ishlarining borishi, ularning belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi hamda obyektlarni sifatli va o‘z vaqtida foydalanishga topshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.