📌 XALQ DEPUTATLARI O‘RTA CHIRCHIQ TUMANI KENGASHINING 14–19-SENTABR KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN HAFTALIK ISH REJASI
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputatlari tomonidan joriy hafta davomida hududlarda deputatlik nazoratini amalga oshirish, aholi bilan bevosita muloqot qilish, mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularning yechimi bo‘yicha tegishli choralarni belgilashga qaratilgan ishlar amalga oshiriladi.
🗓 14-SENTABR, DUSHANBA
▫️ Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalarni sessiyaoldi tartibida joyiga chiqib o‘rganish.
▫️ Tegishli ijro organlari va biriktirilgan tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikda masalalarning amaldagi holatini tahlil qilish.
▫️ Aholi murojaatlarini o‘rganish va aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish.
📌Mas’ullar: Tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov, kotibiyat bosh mutaxassislari Sh.Eshov, Sh.Sidikova, tuman Kengashi deputatlari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari.
🗓 15-SENTABR, SESHANBA
▫️ Mahallalardagi yoshlar yetakchilari faoliyati, yoshlar bilan ishlash samaradorligi va yoshlar bandligini ta’minlash holatini o‘rganish.
▫️ Yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularning muammo va takliflarini o‘rganish.
▫️ Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati, xotin-qizlarning bandligi va ijtimoiy muammolarini o‘rganish.
📌Mas’ullar: Tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov, kotibiyat bosh mutaxassislari Sh.Eshov, Sh.Sidikova, tuman Kengashi deputatlari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari.
🗓 16-SENTABR, CHORSHANBA
▫️ Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holatini o‘rganish.
▫️ Aholini bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holatini nazorat qilish.
▫️ Mahallalar, umumta’lim maktablari va boshqa ta’lim muassasalaridagi sport inshootlari, sport zallari va jihozlarning holatini ko‘zdan kechirish.
▫️ Deputatlarning saylov okruglariga chiqib, hududlarni ko‘chama-ko‘cha o‘rganishi, aniqlangan muammolarni tegishli jurnalga qayd etishi va foto dalillar bilan rasmiylashtirishi.
📌Mas’ullar: Tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov, kotibiyat bosh mutaxassislari Sh.Eshov, Sh.Sidikova, tuman Kengashi deputatlari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari.
[14.09.2026 10:36] O'rta Chirchiq tuman Kengashi!: 🗓 17-SENTABR, PAYSHANBA
▫️ Hokim yordamchilari tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish.
▫️ Mahallalardagi ijtimoiy xodimlar faoliyati, ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash holatini o‘rganish.
▫️ Nogironligi bo‘lgan shaxslarga belgilangan davlat imtiyozlarining to‘g‘ri qo‘llanilishini o‘rganish.
▫️ Mahalladagi soliq inspektori faoliyati hamda hududdagi investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi holatini tahlil qilish.
📌Mas’ullar: Tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov, kotibiyat bosh mutaxassislari Sh.Eshov, Sh.Sidikova, tuman Kengashi deputatlari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari.
🗓 18-SENTABR, JUMA
▫️ Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari, tungi yoritish va yo‘l harakati xavfsizligi holatini o‘rganish.
▫️ YTHlar ko‘p sodir bo‘layotgan hududlarda ularning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni tahlil qilish.
▫️ Ko‘p qavatli uylar, pod’yezlar, yerto‘lalar va uylar atrofidagi hududlarning tozaligi hamda yoritilishi holatini o‘rganish.
▫️ Boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligini baholash.
▫️ Liftlarning ishlashi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, isitish tizimlari, issiq va sovuq suv, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish.
▫️ Bozorlarda aholi uchun zarur bo‘lgan asosiy iste’mol mahsulotlari narx-navosi va mahsulotlar yetarliligini o‘rganish.
📌Mas’ullar: Tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov, kotibiyat bosh mutaxassislari Sh.Eshov, Sh.Sidikova, tuman Kengashi deputatlari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari.
🗓 19-SENTABR, SHANBA
▫️ Parklar, xiyobonlar va bog‘larning obodonlashtirilishi hamda sanitariya holatini o‘rganish.
▫️ Madaniyat muassasalari, muzeylar va kutubxonalar faoliyati hamda moddiy-texnik holatini o‘rganish.
▫️ Jamoat transportining muntazam harakatlanishi, avtobus bekatlarining holati va yo‘lovchilar uchun yaratilgan qulayliklarni o‘rganish.
▫️ Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatini nazorat qilish.
▫️ Davlat xizmatlari va FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifatini o‘rganish.
▫️ Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish, ayniqsa “qizil” va “sariq” toifadagi hududlarda jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish.
▫️ Hafta davomida amalga oshirilgan o‘rganishlar yakunlarini tegishli doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida muhokama qilish.
📌Mas’ullar: Tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov, kotibiyat bosh mutaxassislari Sh.Eshov, Sh.Sidikova, tuman Kengashi deputatlari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari.
📍 DEPUTATLIK NAZORATI — JOYLARDA VA AMALIY NATIJA UCHUN!
Hafta davomida deputatlar tomonidan saylov okruglariga chiqib, aholi bilan bevosita muloqot qilish, hududni ko‘chama-ko‘cha o‘rganish, muammolarni qayd etish va ularning yechimini mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi