35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktab hududidagi yaroqsiz suv havzalari deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Yoshlar bilan ishlashdagi muammolar va ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Aholi ijtimoiy farovonligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va oilalar uchun barqaror daromad manbalarini yaratishga qaratilgan ishlar davom etmoqda.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Navro‘z MFYda ko‘chaboshilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat M.Mirzayev 17-Navro‘z saylov okruglida “Ariq bo‘yi” mahallasida o‘rganish olib borildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI
янв.21
Eshonguzar ko‘chasidagi yo‘l-ta’mirlash ishlari bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
Hududdagi madaniyat muassasalari va muzeylar, kutubxonalar holati o'rganildi

Hududdagi madaniyat muassasalari va muzeylar, kutubxonalar holati o'rganildi

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati B.Baxovadinov “Arg‘in-Sada” MFY hududida joylashgan 36-umumta’lim maktabi kutubxonasining faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida kutubxonadagi mavjud adabiyotlar, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarining saqlanish holati, ularning o‘quvchilar uchun foydalanishga qulayligi hamda kutubxonadan foydalanish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni badiiy va ilmiy adabiyotlarni muntazam mutolaa qilishga jalb etish, kutubxona fondini zamonaviy va mazmunan boy adabiyotlar bilan to‘ldirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Kutubxonaning o‘quvchilar ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi. Maktab kutubxonasida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3