35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida 3-Guliston saylov okrugi deputati Z.Domilayev hamda deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganishlar davom ettirildi.
янв.21
Guliston mahallasida ijtimoiy himoya va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
3-Guliston saylov okrugi deputati Z.Domilayev va deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova o‘rganishlarni joyiga chiqqan holda davom ettirib, Marg‘ilon shahar 3-Guliston saylov okrugi hududida, Guliston mahallasida faoliyat yuritayotgan xususiy “Femili Medikal” MChJ faoliyati ham o‘rgandilar. Deputat korxona rahbari N.Qo‘shaqov bilan suhbatlashib, klinikada aholiga, xususan, bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat, yaratilgan sharoitlar hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi bilan tanishdi.
янв.21
Guliston mahallasida aholi bandligi va tadbirkorlik masalalari o‘rganildi
янв.21
1-Maktabdagi ta’lim sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 32-sessiyasida shahar hududida chiqindilar bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari ijrosi, hududlarda sanitariya va obodonlashtirish holatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishi o‘tkazilmoqda.
янв.21
Ko‘kalamzorlashtirish va daraxtlar muhofazasi deputatlik nazoratida
янв.21
Ipak yo‘li ko‘chasidagi yo‘l qoplamasi deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Ekologik konsepsiya ijrosi deputatlik nazoratida
“FUQAROLAR TASHABBUSI JAMG‘ARMASI” — G‘OLIB LOYIHA

📢 Mablag‘ ajratildi!
Chilonzor tumani Kengashining 2026-yil 10-sentabrdagi III-24-79-14-204-K/26-son qarori bilan Chilonzor tumani hokimligi qoshida ochilgan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 2026-yilning 2-mavsumida “G‘olib” deb topilgan loyihalarga mablag‘ ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Mazkur qarorga asosan Beshqo‘rg‘on MFY hududidagi 270-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va o‘quvchilar uchun zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish loyihasiga:
💰 1 mlrd 648 mln so‘m mablag‘ ajratildi.
🔹 Loyiha doirasida:
⚽️ 2 ta zamonaviy mini futbol maydoni;
🏋️ “WORKOUT” sport maydonchasi;
🚿 kiyinish va yuvinish xonalari;
🚻 hojatxonalar;
💡 tungi yoritish tizimlari;
🚶 futbol maydonlari atrofi bo‘ylab beton yo‘laklar barpo etiladi.
📍 Obyekt: 270-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
💰 Ajratilgan mablag‘: 1 648 000,0 ming so‘m
Mazkur loyiha mahalla yoshlari va maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport bilan shug‘ullanishlari uchun qulay sharoit yaratish hamda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.
🤝 Fuqarolar tashabbusi — mahalla rivoji va xalq farovonligi uchun!