35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktab hududidagi yaroqsiz suv havzalari deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Yoshlar bilan ishlashdagi muammolar va ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Aholi ijtimoiy farovonligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va oilalar uchun barqaror daromad manbalarini yaratishga qaratilgan ishlar davom etmoqda.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Navro‘z MFYda ko‘chaboshilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat M.Mirzayev 17-Navro‘z saylov okruglida “Ariq bo‘yi” mahallasida o‘rganish olib borildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI
янв.21
Eshonguzar ko‘chasidagi yo‘l-ta’mirlash ishlari bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#162_qonun
#biriktirilgan_tashkilot
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati

🗣Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

⏺Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 16-"Qaldirg'och" saylov okrugi deputati D.Qudratovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov Qaldirg'och mahallasiga tashrif buyurib, mahalladagi yoshlar bilan ishlash tizimi hamda yoshlar yetakchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

💬O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni asosida ishlab chiqilgan savolnomalar asosida yoshlar yetakchisi bilan suhbat o‘tkazildi.

💬Jumladan, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlash, yoshlarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

💬Shuningdek, yoshlar bilan individual ishlash, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni ta’lim, kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

🫥O‘rganish yakunida yoshlar yetakchisining faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda yoshlar bilan ishlashda mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mahalla farovonligi va aholi roziligi — deputatlik nazoratida!

Slide 1 of 1