35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoyilma mahallasida ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Istiqlol mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Toshkesar mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlarining nazorat faoliyatini kuchaytirish, hududlarda aholining muammolarini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularni hal etishga ko‘maklashish maqsadida navbatdagi deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi.
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlarining nazorat faoliyatini kuchaytirish, hududlarda qonun hujjatlari ijrosini bevosita joyiga chiqib o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni tegishli tartibda bartaraf etish maqsadida navbatdagi deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi.
янв.21
Mahalliy Kengashlarning nazorat funksiyasini kuchaytirish, deputatlar faoliyati samaradorligini oshirish hamda hududlarda qabul qilingan qarorlar ijrosini bevosita joyida o‘rganish maqsadida belgilangan 24 ta muhim tavsiya asosida navbatdagi deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi.
янв.21
DARSLIKLAR TA’MINOTI NAZORATDA
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishi o‘tkazilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Fuqaro_muammosi
🏛 Fuqaroni qiynayotgan muammo o‘rganildi


Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 4-Sherobod saylov okrugi deputati R.Xolmirzayeva, Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengash 13-Qo‘shtegirmon saylov okrugi deputati N.Saidova hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov tomonidan “Buyuk ipak yo‘li” mahallasida yashovchi fuqaro Sh.Abduraxmonovning murojaati mahalla raisi O‘.Qo‘yliyev va mahalla ijtimoiy xodimi M.Allanazarova bilan birgalikda o‘rganib chiqildi.

🔎 O‘rganish davomida fuqaroning murojaatida ko‘tarilgan masala joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqilib, mavjud holat va muammoning kelib chiqish sabablari o‘rganildi.

🗣 Muloqot jarayonida fuqaroning fikr va takliflari tinglanib, masalani qonuniy va amaliy jihatdan hal etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

📌 Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, murojaatda ko‘tarilgan masalani ijobiy hal etish hamda uning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

🤝 Fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularni manzilli hal etish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4