Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurafshon mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Nurafshon mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Oʻrda tagi mahallasida bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha holat o‘rganildi
янв.21
Yovqochar mahallasida bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha holat o‘rganildi
янв.21
Shahar soliq inspeksiyasi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
O‘rda tagi mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oliy Majlis Senati tomonidan joriy yilning 22-sentabr kuni “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish, bandlikni ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida ta’sirchan deputatlik nazoratini amalga oshirish, shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlashni samarali tashkil etish” mavzusida seminar o‘tkazildi.
янв.21
Shundan so‘ng xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputatlari Z.G‘ofurova va Sh.Ermatov, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev, kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A.Turdaliyev ishtirokida shahar hokimligida tashkil etilgan “Shtab” faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiya oldidan doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish, kun tartibidagi masalalarni tahlil qilish va tegishli xulosalarni shakllantirish maqsadida Kengash doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda doimiy komissiyalar raislari, ekspert guruhlari deputatlari, Kengash kotibiyati mas’ullari hamda tegishli soha vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ–402-son qarori hamda 2026-yil 24-iyundagi PF-116-son farmoni ijrosi doirasida Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari ijrosi shuningdek, mahalla boshqaruvini tubdan takomillashtirish, “mahalla yettiligi” faoliyati samaradorligini oshirish, aholi muammolarini tezkor hal etish va mahallalarni zamonaviy boshqaruv tizimiga o‘tkazish yuzasidan 2026-yil II chorak yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Termiz shahar bo‘limi boshlig‘i F.Abdumannotovning hisoboti tinglandi.
PF–116-son Farmon bilan:
🔹 “Mahalla yettiligi”ning vazifalari qayta ko‘rib chiqilib, barcha a’zolar uchun 9 ta hamkorlikdagi vazifa belgilandi;
🔹 faoliyatni jarayonga emas, aniq natijaga yo‘naltirish tamoyili kuchaytirildi;
🔹 “Raqamli mahalla” platformasi orqali murojaatlarni elektron nazorat qilish va mahallalar faoliyatini KPI asosida baholash mexanizmlari joriy etilmoqda;
🔹 aholi muammolarini “mahalla – tuman (shahar) – viloyat – respublika” tamoyili asosida hal etishning yangi tartibi belgilandi;
🔹 mahallalarning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish choralari ko‘zda tutildi.
💰 JAMG‘ARMA MABLAG‘LARI
2026-yilning 7 oyi davomida Termiz shahridagi “Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi”ga jami 2 mlrd 859 mln 579 ming so‘m mablag‘ tushgan.
Shundan 1 mlrd 282 mln 938 ming so‘m mablag‘ mahallalarning dolzarb ehtiyojlariga yo‘naltirilgan.
📹 Kuzatuv kameralari o‘rnatish;
🏢 mahalla binolarini ta’mirlash;
💻 kompyuter va printer texnikalari bilan ta’minlash;
❄️ konditsionerlar xarid qilish;
🛠️ boshqa zarur ehtiyojlarni qoplash ishlari amalga oshirilgan.
💼 Hozirda jamg‘arma hisob raqamida 1 mlrd 580 mln 106 ming so‘m qoldiq mablag‘ mavjud.
⚖️ DEPUTATLAR NAZORATI
Muhokama davomida deputatlar mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, “mahalla yettiligi” faoliyatini muvofiqlashtirish, xonadonbay ishlashni kuchaytirish hamda aholi murojaatlarini amaliy natija bilan hal etish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirdilar.
📈 Yig‘ilish yakunida tegishli xulosa tayyorlanib, masalani Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish uchun tavsiya etildi.
🇺🇿 Mahalla — aholi muammolari eng avvalo eshitiladigan va hal etiladigan maskan. Deputatlik nazorati esa bu jarayonning ochiqligi, samaradorligi va natijadorligini ta’minlashga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 3