Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashi haftalik faoliyati
янв.21
Yoyilma mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati va ehtiyojmand oilalar holati o‘rganildi
янв.21
Yoyilma mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati va ehtiyojmand oilalar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
A.Navoiy mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlar holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy mahallasida nogironligi bo‘lgan fuqarolarning huquqlari o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
Rohat mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB OLINDI
Milliy muzey – tariximiz va milliy merosimizning yangi maskani

Milliy muzey – tariximiz va milliy merosimizning yangi maskani

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning poytaxtimiz markazida barpo etilayotgan O‘zbekiston Milliy muzeyining qurilish jarayoni bilan tanishgani mamlakatimizda tarixiy-madaniy merosni asrash, o‘rganish va kelajak avlodga yetkazishga qaratilayotgan yuksak e’tiborning yana bir amaliy ifodasidir.

♻️Men deputat sifatida ushbu loyihani milliy o‘zligimizni, boy tariximiz va bebaho madaniy merosimizni keng targ‘ib etishda muhim qadam, deb hisoblayman. Zamonaviy muzey nafaqat noyob eksponatlar saqlanadigan maskan, balki yosh avlod uchun tarixni chuqur o‘rganish, ajdodlarimizning ilm-fan, madaniyat va davlatchilik rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini anglash imkonini beradigan ma’rifat markazi bo‘lishi muhim.

♻️O‘zbekiston Milliy muzeyining zamonaviy talablarga mos barpo etilishi xalqimizning boy tarixini dunyoga yanada keng tanitish, yurtimizga kelayotgan sayyohlar uchun munosib madaniy maskan yaratish hamda milliy merosimizga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

♻️Bunday bunyodkorlik ishlari Vatanimizning tarixiy salohiyati va kelajakka bo‘lgan ishonchini namoyon etadi. Ishonamanki, yangi Milliy muzey xalqimizning g‘ururiga aylangan, tariximizni o‘zida mujassam etgan va kelajak avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaydigan muhim maskanlardan biri bo‘ladi.

Habiba Karayeva,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,

Slide 1 of 1