Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashi haftalik faoliyati
янв.21
Yoyilma mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati va ehtiyojmand oilalar holati o‘rganildi
янв.21
Yoyilma mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati va ehtiyojmand oilalar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
A.Navoiy mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlar holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy mahallasida nogironligi bo‘lgan fuqarolarning huquqlari o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
Rohat mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB OLINDI
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#19_1_modda
#Viloyat_deputati
#deputat_faoliyati

Bandixon tumanining "Qaldirg‘och" mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Pardayev hamda tuman Kengashi deputati I.Xalmatovlar tomonidan "Yangi O‘zbekiston qiyofasi" dasturi doirasida Bandixon tumanidagi "Qaldirg‘och" mahallasida  amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida mahalla guzari qurilishining borishi, qurilish ishlarining sifati, yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish masalalari atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, Deputatlar mas'ul mutasaddilari bilan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashilib, mavjud masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, "Yangi O‘zbekiston" dasturi doirasida "Bandixon" mahallasi PK-49 obyekti bo‘yicha 12,9 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Mazkur loyiha asosida 75V089 "Oybek q – Bandixon Shreder ilmiy tadqiqot xo'jaligi" avtomobil yo'lining Bandixon, Bahoriston, Gulbog' va Qaldirg'och mahallalari hududidan o'tuvchi 13 kilometrlik qismida yo‘llar asfalt qoplamasini yotqizishga tayyorlanmoqda.

Bundan tashqari, mahalla hududida olib borilayotgan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan ishlar ham ko‘zdan kechirildi. Hududni yanada obod va fayzli maskanga aylantirish, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish borasidagi ishlarning izchil davom ettirilishi yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Deputatlik nazorati davomida "Yangi O‘zbekiston qiyofasi" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari belgilangan reja asosida sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishi muhimligi alohida ta'kidlandi.

Slide 1 of 2