Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Marg‘ilonning xalqaro maydondagi nufuzi yuksalmoqda
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
Zuhro mahallasida bolalar maydonchalaridagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
18-sonli maktabda “Davlat tili haqida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Mashad qabristonidagi holat deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
MAHALLIY KENGASH KOTIBIYATLARI FAOLIYATI HAFTALIK SARHISOB QILINDI
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Yovqochar mahallasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Ipak yo‘li mahallasida ijtimoiy holat va ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar o‘rganildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida Marg‘ilon shahrida deputatlik o‘rganishlari davom ettirilmoqda.
Kengash_faoliyati

#24_ta_masala

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Birdamlik" mahallasida Hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi

Bandixon tumanida mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish hamda Hokim yordamchilarining mas’uliyatini oshirish borasida tuman Kengashi tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 8-“Birdamlik'” saylov okrugi deputat B.Rajabov okrugiga qarashli Birdamlik mahallasida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov tashrif buyurib, "Birdamlik" MFYda bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-116-sonli Farmoniga muvofiq Hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilgan ishlarni o‘rgandi.

Monitoring davomida 14 ta asosiy yo‘nalish, xususan, xonadonbay o‘rganishlar natijasi, aholi bandligi, kredit va subsidiyalardan samarali foydalanish, mikroloyihalarni amalga oshirish hamda kambag‘al oilalar bilan manzilli ishlash ko‘rsatkichlari amaliy natijadorlik nuqtai nazaridan baholandi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan xulosalar shakllantirilib, tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga olib chiqilishi belgilandi.

Slide 1 of 1