Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Marg‘ilonning xalqaro maydondagi nufuzi yuksalmoqda
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
Zuhro mahallasida bolalar maydonchalaridagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
18-sonli maktabda “Davlat tili haqida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Mashad qabristonidagi holat deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
MAHALLIY KENGASH KOTIBIYATLARI FAOLIYATI HAFTALIK SARHISOB QILINDI
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Yovqochar mahallasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Ipak yo‘li mahallasida ijtimoiy holat va ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar o‘rganildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida Marg‘ilon shahrida deputatlik o‘rganishlari davom ettirilmoqda.
Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi

#kotibiyat_faoliyati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi Raisining 2026-yil 13-maydagi 29-14-0-F/26-son farmoyishi ijrosi doirasida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Jahongir G‘ulomqodirov tomonidan Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati joyiga chiqib o‘rganilib, mas’ullarga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi.

📝 O‘rganish davomida tuman Kengashining deputatlar korpusi faoliyati, deputatlarning yig‘ma jildlari, kotibiyatda ish yuritish va ijro intizomi, sessiyalar hamda doimiy komissiyalar faoliyatini tashkil etish, deputatlik so‘rovlari, saylov okruglaridagi o‘rganishlar va murojaatlar bilan ishlash holati atroflicha tahlil qilindi.

📨 Deputatlar tomonidan bugungi kunga qadar 118 ta deputatlik so‘rovi yuborilgan bo‘lib, ularning 115 tasiga tegishli javob xatlari olingan, 3 tasi esa ijro jarayonida. Shuningdek, 1 ta qo‘shma deputatlik so‘rovi va 36 ta chiquvchi xat rasmiylashtirilgan. Uchinchi chaqiriq davomida 38 ta sessiya o‘tkazilib, 97 ta Kengash qarori qabul qilingan.

📥 2026-yil davomida edo.ijro.uz elektron platformasi orqali 25 ta murojaat kelib tushgani, ularning barchasi Toshkent shahar Kengashi kotibiyati tomonidan ijro va ma’lumot uchun yuborilgani qayd etildi.

🔎 O‘rganishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ-836-IV va KQ-710-IV-son qarorlari talablari ijrosi, Kengashda ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma, deputatlar va kotibiyat xodimlarining xorijiy mamlakatlarga chiqishi bilan bog‘liq tartiblar hamda Kengash va doimiy komissiyalarning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasi ijrosi ko‘rib chiqildi.

🗣 Shu bilan birga, 2026-yilning ikkinchi choragi davomida deputatlarning saylovchilar oldida axborot berish amaliyoti o‘rganilib, mazkur yo‘nalishda belgilangan muddatlarga qat’iy rioya qilish va saylovchilar bilan muloqotni tizimli tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

🔺 Kengash faoliyatining ochiqligi va jamoatchilikka yoritilishi ham tahlil qilinib, 2026-yil avgust oyida 177 ta post e’lon qilingani qayd etildi. Deputatlarning hududlardagi o‘rganishlari, nazorat tadbirlari va erishilgan amaliy natijalarni yanada kengroq yoritish tavsiya etildi.

💡 Shuningdek, deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha o‘z saylov okruglarida muntazam o‘rganish va nazorat tadbirlarini olib borish, “Ko‘chama-ko‘cha deputatlik daftarlari”ni sifatli yuritish, deputatlarga biriktirilgan qonunlar ijrosini doimiy komissiyalar doirasida o‘rganish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda hududlarda aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida deputatlik nazoratiga olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📍 Yakunda Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi va kotibiyati faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlik nazoratining ta’sirchanligini oshirish, sessiyalar hamda doimiy komissiyalar ishini tizimli tashkil etish, ijro intizomini mustahkamlash va saylov okruglaridagi muammolarni manzilli hal etish yuzasidan Jahongir G‘ulomqodirov tomonidan tegishli amaliy-uslubiy tavsiya va tushuntirishlar berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6