35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktab hududidagi yaroqsiz suv havzalari deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Yoshlar bilan ishlashdagi muammolar va ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Aholi ijtimoiy farovonligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va oilalar uchun barqaror daromad manbalarini yaratishga qaratilgan ishlar davom etmoqda.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Navro‘z MFYda ko‘chaboshilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat M.Mirzayev 17-Navro‘z saylov okruglida “Ariq bo‘yi” mahallasida o‘rganish olib borildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI
янв.21
Eshonguzar ko‘chasidagi yo‘l-ta’mirlash ishlari bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
MUSTAQILLIK — YOSHLAR NIGOHIDA

📌O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida Yashnobod tumani Xalq deputatlari Kengashi deputati Bahrom Xudoyarov tashabbusi bilan 156-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

❗️Uchrashuvda maktab rahbariyati, pedagoglar hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi. Ochiq muloqot davomida mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim olish, kasb-hunar tanlash va kitobxonlikni rivojlantirish masalalari haqida fikr almashildi. Shuningdek, yoshlarda Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, mustaqillikning tarixiy ahamiyatini chuqur anglash va yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish tuyg‘ularini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

❗️Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tib, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1