35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Eshonguzar ko‘chasidagi yo‘l-ta’mirlash ishlari bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
Eshonguzar ko‘chasidagi ta’mirlash ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Marg‘ilon shahar 2-sonli nurli maskan ixtisoslashtirilgan maktabi o‘rganildi
янв.21
Ilk rivojlanish markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ–406-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash, ta’lim olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda iqtidor va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar muntazam o‘rganib borilmoqda.
янв.21
QURILISHDA SIFAT MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashining 2026-yil 12-sentabrdagi VII-32-66-11-168-K/26-sonli qarori bilan Ochiq budjetning 2026-yil 2-mavsumda jamoatchilik fikri asosida tanlangan loyihalarga "Fuqarolar tashabbusi jamg'armasi"dan mablag' ajratish tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining o‘tgan haftadagi faoliyati ijtimoiy tarmoqlar va rasmiy axborot platformalarida keng yoritildi.
YUNUSOBOD TUMANI TA’LIM BO‘LIMIDA MUHIM MASALA MUHOKAMA QILINDI

Yunusobod tumani Ta’lim bo‘limida tumandagi 52 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🤝Uchrashuvda xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Ashrapova I. ishtirok etib, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash, xalq og‘zaki ijodining tarbiyaviy ahamiyatga ega namunalarini keng targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

💠Xususan, bog‘chalarga milliy qadriyatlarimizni yaxshi biladigan, xalq og‘zaki ijodidan tarbiyaviy ahamiyatga ega ertak va rivoyatlarni bolalarga o‘qib, aytib bera oladigan, ziyoli, kasb-hunarli, muomalali va mehribon buvijonlarni biriktirish bo‘yicha taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.

👵Ushbu tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yosh avlodga xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odat va an’analarini bolalikdan singdirish, tarbiya jarayonida katta avlod vakillarining hayotiy tajribasi va ibratidan samarali foydalanishdir.

🏛Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlarni qo‘llab-quvvatlash, aholining taklif va tashabbuslarini o‘rganish hamda ularning amaliy ijrosini nazorat qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3