OBI MAHALLASIDA PIYoDALAR YO‘LAKChASI QURILMOQDA
🏘 Tuman markazidagi Olmazor ko‘chasida aholi va tadbirkorlik sub’ektlari uchun qulay sharoitlar yaratish, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida obodonlashtirish va qurilish ishlari olib borilmoqda.
📌 Mazkur loyiha doirasida:
🚶 2 km uzunlikdagi piyodalar yo‘lakchasi qurish;
💡 76 dona tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
💰 Loyihaning umumiy qiymati 1,9 mlrd so‘mni tashkil etadi.
🔎 Bugun xalq deputatlari viloyat Kengashi bosh mutaxassisi S.O‘ktamov, tuman Kengashi kotibiyati xodimlari hamda tuman Kengashi deputatlari ishtirokida mazkur hududda olib borilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
✅ O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, sifat ko‘rsatkichlari hamda belgilangan loyiha talablariga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Mazkur ishlar ko‘cha infratuzilmasini yaxshilash, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari uchun yanada qulay muhit yaratishga xizmat qiladi.