35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktab hududidagi yaroqsiz suv havzalari deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Yoshlar bilan ishlashdagi muammolar va ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Aholi ijtimoiy farovonligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va oilalar uchun barqaror daromad manbalarini yaratishga qaratilgan ishlar davom etmoqda.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Navro‘z MFYda ko‘chaboshilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat M.Mirzayev 17-Navro‘z saylov okruglida “Ariq bo‘yi” mahallasida o‘rganish olib borildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI
янв.21
Eshonguzar ko‘chasidagi yo‘l-ta’mirlash ishlari bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
JAMOAT TARTIBI VA XAVFSIZLIK — DOIMIY NAZORATDA

 JAMOAT TARTIBI VA XAVFSIZLIK — DOIMIY NAZORATDA

📍 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ishchi guruhi tomonidan mahallalarda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan ishlar o‘rganildi.

🔎 O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-sentabrdagi 588-sonli “Mahallalarda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirildi.

📍 Jumladan, Juma shahri A.Temur ko‘chasida joylashgan 102-sonli Jamoatchilik nazorati maskani faoliyati bilan tanishildi.

O‘rganish davomida maskanning jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda hududdagi osoyishtalikni mustahkamlashdagi faoliyati ko‘rib chiqildi.

🤝 Jamoat tartibini ta’minlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalla faollari va jamoatchilikning hamkorligini yanada kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

📌 Deputatlik nazorati — qonunlar va hukumat qarorlari ijrosini joylarda o‘rganish, aniqlangan masalalarga e’tibor qaratish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga ko‘maklashishning muhim vositasidir.

Slide 1 of 1