35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktab hududidagi yaroqsiz suv havzalari deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Yoshlar bilan ishlashdagi muammolar va ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Aholi ijtimoiy farovonligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va oilalar uchun barqaror daromad manbalarini yaratishga qaratilgan ishlar davom etmoqda.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Navro‘z MFYda ko‘chaboshilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat M.Mirzayev 17-Navro‘z saylov okruglida “Ariq bo‘yi” mahallasida o‘rganish olib borildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI
янв.21
Eshonguzar ko‘chasidagi yo‘l-ta’mirlash ishlari bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
10-“AHIL” SAYLOV OKRUGIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILDI

10-“AHIL” SAYLOV OKRUGIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 10-“Ahil” saylov okrugidan saylangan deputati Abdujalil Xasanov tomonidan "Ahil" mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar qabuli o‘tkazilib, saylovchilarni qiynayotgan masalalar, hududlarni obodonlashtirish, kommunal infratuzilma va aholi uchun qulay sharoit yaratish bilan bog‘liq murojaatlar o‘rganildi. Jarayonda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Shopotixov hamda XDP Olmazor tuman Kengashi raisi X. Xamidov ishtirok etdi.

📝 Fuqarolar qabuli davomida "Ahil" va "Elparvar" mahallalari aholisi tomonidan bir qator masalalar ko‘tarildi. Jumladan, ichki ko‘chalardagi yo‘l va piyodalar yo‘laklari holati, ayrim hududlarda obodonlashtirish bilan bog‘liq kamchiliklar, kommunal masalalar hamda aholini qiynayotgan boshqa muammolar deputatga bildirildi.

🔎 Murojaatlar shunchaki qayd etish bilan cheklanmay, Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarning o‘zida o‘rganildi. Ayrim masalalar yuzasidan tegishli mas’ullar bilan bog‘lanilib, ularni joyida hal etish choralari ko‘rildi, qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar esa deputatlik nazoratiga olindi.

🌳 Olmazor tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ko‘cha bo‘ylab yer osti suvidan foydalanib, gul va daraxtlarni sug‘orish uchun maxsus sug‘orish tizimi tashkil etilgani qayd etildi.

🌱 Deputat Abdujalil Xasanov mazkur holatni hudud obodonligi, ekologik muhitni yaxshilash hamda mavjud yashil maydonlarni asrab-avaylash bilan bevosita bog‘liq muhim masala sifatida o‘rgandi.

🤝 Shuningdek, uchrashuv va o‘rganishlar davomida fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning takliflari ham tinglandi. Ko‘tarilgan masalalarni mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirish, ijrosini kuzatib borish va zarur hollarda deputatlik nazorati mexanizmlaridan foydalanish belgilandi.

🔺 Mazkur ishlar 24 ta ustuvor yo‘nalish, jumladan, mahalla ichki ko‘chalari va piyodalar yo‘laklari holati, obodonlashtirish, park va yashil hududlarni saqlash, kommunal xizmatlar sifati hamda aholi murojaatlarini manzilli o‘rganish vazifalari doirasida olib borilmoqda.

✅ Xalq vakili tomonidan 10-“Ahil” saylov okrugiga kiruvchi mahallalarda fuqarolar qabullarini muntazam tashkil etish, muammolarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash bo‘yicha deputatlik nazorati davom ettiriladi.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 10