35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
TIBBIYOT XIZMATINI RIVOJLANTIRISH VA YANGI ISH O‘RINLARI DEPUTATLIK O‘RGANISHIDA
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari davom ettirilmoqda.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishi o‘tkazilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
янв.21
Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashining 7-11 sentabr kunlariga mo'ljallangan ish rejasi tasdiqlandi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB OLINDI “MENING BOG‘IM” LOYIHASI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
ISH BERUVCHINING FUQAROLIK JAVOBGARLIGINI MAJBURIY SUG‘URTA QILISH — MUHIM KAFOLAT

ISH BERUVCHINING FUQAROLIK JAVOBGARLIGINI MAJBURIY SUG‘URTA QILISH — MUHIM KAFOLAT

O‘zbekiston Respublikasining “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ish beruvchining xodim oldidagi fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.

📌 Mazkur Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 11-noyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2009-yil 27-martda ma’qullangan.

🔹 Majburiy sug‘urta tizimi xodimning mehnat faoliyati bilan bog‘liq holda uning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetgan hollarda qonunchilikda belgilangan tartibda manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.
🔹 Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish xodimlarning mehnat jarayonidagi huquq va manfaatlarini himoya qilishning muhim mexanizmlaridan biridir.
🔹 Mazkur qonun ish beruvchilarning qonuniy majburiyatlarini belgilash bilan birga, xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga xizmat qiladi.

⚖️ Har bir ish beruvchi qonunchilikda belgilangan majburiy sug‘urta talablariga rioya qilishi, xodimlarning huquq va manfaatlarini ta’minlashi lozim.
Qonunni bilish — huquqni bilish, huquqni bilish esa mas’uliyatli mehnat munosabatlarining muhim shartidir.