RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
🟢Bugun Uchquduq tuman MMTBga qarashli 18-sonli maktabda Uchquduq tuman IIB boshligʻi podpolkovnik Radjapov Anvar Ruziyevich, xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashi deputati G.Allanova hamda Uchquduq tuman Bolalar bilan ishlash boʻlimi katta inspektor-psixologi, katta leytenant Muxriddin Toyirov ishtirokida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi.
✔️ Uchrashuv davomida o‘quvchilar mehmonlarning kasbiy yo‘llari, erishgan yutuqlari va duch kelgan qiyinchiliklari haqida qiziqib so‘radilar. Mutaxassislar esa yoshlarga hayotiy tajribalari va tavsiyalarini berib, berilgan savollarga batafsil javob qaytardilar.
🚛 Uchrashuv samimiy va qiziqarli tarzda o‘tdi. Tadbir yakunida mehmonlar o‘quvchilarga kelgusi o‘qish va faoliyatlarida ulkan zafarlar tiladilar.
✔️ Bunday tadbirlar yoshlarning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga va ularga yangi motivatsiya berishga xizmat qiladi.