Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O’zLiDeP Margilon shahar Kengashi deputatlari “Yashil makon” tadbirlariga hozirlik ko’rmoqda
янв.21
Dasturiy mahsulotlar va axborot  texnologiyalari parki Farg‘ona viloyati filialida “IT” xizmatlar eksportini 5 milliard dollarga olib chiqish mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
янв.21
OʻzLiDeP Marg‘ilon shahar Kengashi “Ayollar qanoti” faollari tomonidan “Bugunning tadbirkor ayoli” loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg’ilon shahar Kengashi deputati Osimxon Axmatshayev “Mahalla yettiligi” foiliyatini o’rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg’ilon shahar Kengashi deputati Zebixon G’ofurova “Mahalla yettiligi” foiliyatini o’rgandi.
янв.21
Marg'ilon shahar Kengashi deputatlari Orol bo'yi mahallasi fuqarolari bilan uchrashdi.
янв.21
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari B.Marg‘iloniy mahallasi “Mahalla yettiligi” bilan uchrashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Bahromjon Djalilovning “Mahalla yettiligi” bilan hamkorligi
янв.21
O‘zLiDeP Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Husanjon Abdurahmonov tomonidan 200 metr yangi kabel ulab berildi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati R.Madaminov saylov okrugidagi “Mahalla yettiligi” bilan uchrashdi.
CHINOZ TUMANI. MAHALLADAGI MUAMMOLAR DEPUTAT IShTIROKIDA TIZIMLI HAL ETILMOQDA

    Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Elyorjon Saidov tomonidan tumandagi “Xo‘ja” mahallasida o‘tkazilgan uchrashuvda fuqarolar tomonidan bir nechta muammoli masalalar ko‘tarilgan edi.

 Ushbu muammolar deputat va mahalla raisi hamda tegishli mas’ullarni jalb qilgan holda murojaat etgan fuqarolar ishtirokida joyiga chiqib o‘rganildi.

Jumladan, Abdulla Avloniy ko‘chasida ta’mirtalab elektr simyog‘ochlarni yangilash, “Istiqlol” ko‘chasiga tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish, ichimlik suvi quvurlaridagi nosozliklar birma bir o‘rganildi.

 Shu kunning o‘zida deputat E.Saidov tashabbusi bilan tuman Elektr ta’minoti korxonasining ustalarini jalb qilgan holda “Istiqlol” o‘tish ko‘chasiga quyosh energiyasidan quvvat oladigan ko‘cha chiroqlari o‘rnatildi.

Shuningdek, tuman Obodonlashtirish boshqarmasining tegishli brigadasini jalb qilgan holda mahalla fuqarolari tomonidan kelib tushgan murojaatdagi masalalar o‘z yechimini topdi.

Slide 1 of 2