35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktab hududidagi yaroqsiz suv havzalari deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Yoshlar bilan ishlashdagi muammolar va ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Aholi ijtimoiy farovonligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va oilalar uchun barqaror daromad manbalarini yaratishga qaratilgan ishlar davom etmoqda.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Navro‘z MFYda ko‘chaboshilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat M.Mirzayev 17-Navro‘z saylov okruglida “Ariq bo‘yi” mahallasida o‘rganish olib borildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI
янв.21
Eshonguzar ko‘chasidagi yo‘l-ta’mirlash ishlari bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
HAR JUMA — DEPUTATLIK FAOLIYATI KUNI

 HAR JUMA — DEPUTATLIK FAOLIYATI KUNI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi uchun har haftajuma kuni deputatlik nazorati va amaliy faoliyat kuni sifatida tashkil etilmoqda.
📌 Shu kuni doimiy komissiya a’zolari tomonidan bir nechta muhim yo‘nalishlar bo‘yicha tizimli ishlar olib boriladi:
🔹 #24_ta_masala — deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning ijrosi o‘rganiladi;
🔹 #Biriktirilgan_tashkilotlar_bilan_hamkorlik — deputatlarga biriktirilgan tashkilotlarda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari o‘rganiladi;
🔹 #162_ta_qonun — qonun hujjatlarining hududdagi ijrosi va ularning amaliyotga tatbiq etilishi deputatlar tomonidan nazorat qilinadi;
🔹 #Sessiya_kun_tartibi — navbatdagi Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan joyiga chiqib o‘rganishlar olib boriladi;
🔹 #Deputat_daftari — deputatlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar bilan uchrashuvlar, murojaatlar va aniqlangan muammolar muntazam qayd etib boriladi.

🏛 Bundan tashqari, har hafta doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazilib, o‘rganishlar natijalari, aniqlangan muammolar, deputatlik so‘rovlari hamda hududni rivojlantirishga oid masalalar muhokama qilinadi.

📱 Komissiya a’zolari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ijtimoiy tarmoqlarda muntazam yoritib boriladi. Bu orqali deputatlik faoliyatining ochiqligi va shaffofligi ta’minlanadi.

🎯 Maqsad — deputatlik nazoratini tizimli yo‘lga qo‘yish, muammolarni joyida aniqlash, ularning yechimini ta’minlash va aholi manfaatlarini himoya qilish.

Har juma — o‘rganish, nazorat, muloqot va amaliy natija kuni!

Rasmiy sahifalarimiz!