DEPUTAT FAOLIYATI: FUQAROLAR MUAMMOLARI E’TIBORDA
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Ernazarov tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning murojaat va takliflarini o‘rganish hamda mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Navbatdagi fuqarolar qabuli davomida saylovchilar tomonidan bandlik, ijtimoiy himoya, uy-joy va kommunal xizmatlar, obodonlashtirish, yo‘l infratuzilmasi hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat alohida o‘rganilib, vakolat doirasidagi masalalar yuzasidan tegishli choralar belgilandi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar mas’ul tashkilot va mutasaddilarga yo‘naltirilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Asosiy maqsad — saylovchilar murojaatlarini shunchaki qabul qilish emas, balki ularning amaliy yechimini ta’minlashdir.