Jamoat transportining muntazam harakatlanish holati o‘rganildi
📍Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi 18-Istiqlol saylov okrugi deputati I.Soliyev nomidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov tomonidan aholiga qulay va sifatli transport xizmatlarini ko‘rsatish, yo‘lovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yaxshilash hamda jamoat transporti qatnovlarining muntazamligini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahri va O‘rta Chirchiq tumani markazi yo‘nalishida harakatlanayotgan jamoat transportlari faoliyati o‘rganildi.
🛣O‘rganish jarayonida avtobus yo‘nalishlarining belgilangan jadval asosida harakatlanishi, qatnovlar muntazamligi, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati hamda mavjud muammolar tahlil qilindi. Shuningdek, haydovchilar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!