35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun 25-avgust, Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashi deputati Azizov Saidazimxon Nosirxon o'g'li 2-Saxovat saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazadi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
#deputat_nazorati #biriktirilgan_tashkilot #qonun_ijrosi #kotibiyat_mudiri
янв.21
Eshonguzar ko‘chasidagi yo‘l ta’miri va mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Yangi bog‘ mahallasida loyihaning ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi bog‘ mahallasida hokim yordamchisi faoliyati deputatlik nazoratida
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
📊 IJTIMOIY TARMOQLARDA HAFTALIK FAOLIYAT
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo'yicha doimiy komissiya tarkibi.
янв.21
KENGASH QARORI
Tuman markazidagi “Bog‘i Eram” istirohat bog‘ida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev, kotibiyat mudiri J.Sadirov va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining tuman bo‘linmasi rahbari F.Fayzulloyeva tomonlaridan aholi va mehmonlarning madaniy hordiq chiqarishi uchun mo‘ljallangan tuman markazidagi “Bog‘i Eram” istirohat bog‘ida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarining borishi o‘rganildi.

🟢O‘rganish davomida bog‘ hududida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishilib, obyektda qurilish jarayonining yakuniy bosqichiga kirilgani qayd etilib, hududni zamonaviy va yanada obod ko‘rinishga keltirish, aholi uchun qulay dam olish sharoitlarini yaratish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilayotganligi aniqlandi. Xususan, bog‘ hududidagi favvora va amfiteatrni ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur inshootlarni qayta ta’mirlash orqali bog‘ning estetik ko‘rinishini yaxshilash, madaniy tadbirlar va ommaviy dam olish uchun yanada qulay sharoit yaratish ko‘zda tutilgan.

🟢Shuningdek, bog‘ hududida piyodalar harakati uchun bruschatkalar yotqizish ishlari bajarilmoqda. Piyodalar yo‘laklarining tartibga keltirilishi tashrif buyuruvchilarning bog‘ hududida xavfsiz va qulay harakatlanishiga xizmat qilishi ta’kidlandi. Bog‘dagi muhim maskanlardan biri bo‘lgan “Shoirlar alleyasi”ni obodonlashtirish, tashqi ko‘rinishini yaxshilash va madaniy-ma’rifiy muhitni yanada boyitishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.

🟢Bog‘ hududida piyodalar uchun qulay yo‘laklar, dam olish maskanlari va madaniy tadbirlar o‘tkaziladigan joylarning holatiga alohida e’tibor qaratish, xavfsizlik talablariga rioya etish hamda obodonlashtirish ishlarini sifatli yakuniga yetkazish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Obyektdagi ishlar yakuniga yetkazilishi va belgilangan vazifalarning sifatli bajarilishi ustidan deputatlik nazorati davom ettirishi belgilandi.

Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin:

Slide 1 of 9