35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Bugun 25-avgust, Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashi deputati Akbarova Nargizaxon Qaxxorovna 11-A.Navoiy saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazadi.
янв.21
📢 E'LON
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish maqsadida yangi va zamonaviy imkoniyat ishga tushirildi!
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI
янв.21
Yangi O‘zbekiston massivida yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi Marg‘ilon shahridagi Yangi O‘zbekiston massivida 180 nafar tarbiyalanuvchiga mo‘ljallangan 34-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
янв.21
#deputat_nazorati #qonun_ijrosi #24_muhim_masala
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida Marg‘ilon shahrida deputatlik nazorati tadbirlari davom ettirilmoqda.
янв.21
5-oilaviy poliklinikadagi ta’mirlash ishlari deputatlik nazoratida
Veterinariya sohasidagi ishlar nazorat-tahlil qilindi

 O‘rganish ishlari doirasida doimiy komissiya a’zolaridan iborat ishchi guruh tomonidan tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi
tomonidan joriy yilning 7 oyi davomida amalga oshirilgan veterinariya tadbirlari o‘rganildi. Ishchi guruh tarkibida xalq deputatlari tuman
Kengashining “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi a’zolari Bobirjon Begaliev, Voxidjon Axmedov, Narimon Meliqo‘ziev, To‘lqin Masaliev, xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Laziz Turanov hamda EKO partiya tuman kengashi raisi Abdulg‘ofur Axmadjonov ishtirok etishdi.
 

🐄 Tumandagi chorva va veterinariya holati 

Ma’lumotlarga ko‘ra, tuman hududida barcha toifa xo‘jaliklarida:🔹 57 963 bosh qoramol; 

🔹 45 930 bosh qo‘y-echki; 

🔹 601 bosh ot; 

🔹 528 bosh eshak; 

🔹 199 518 bosh parranda; 

🔹 8 394 bosh it mavjud. 

Tumandagi 31 ta chorvachilik fermer xo‘jaligida 2 785 bosh qoramol, 2225 bosh qo‘y-echki va 161 bosh ot parvarishlanmoqda. 

Chorva hayvonlari o‘rtasida yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida 10 ta veterinariya uchastkasi faoliyat yuritmoqda. Emlash tadbirlarini tashkil etish uchun 4 ta emlash guruhi shakllantirilib, ularga 25 nafar veterinariya mutaxassisi jalb qilingan. 

💉 Epizootik tadbirlar Joriy yilning 7 oyi davomida yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida qator profilaktik va epizootik tadbirlar amalga oshirilgan. 

Xususan: 

🔹 25 032 bosh qoramol, 8 974 bosh qo‘y-echki, 212 bosh ot va 69 bosh eshak Kuydirgi kasalligiga; 

🔹 19 800 bosh qoramol Nodulyar Dermotit kasalligiga; 

🔹 16 433 bosh Yshx, 5 334 bosh Mshx Yashur kasalligiga; 

🔹 7 000 bosh qoramol Qorason kasalligiga; 

🔹 5 030 bosh it-mushuklar Quturish kasalligiga; 

🔹 17 600 bosh qo‘y-echki Ospa oves kasalligiga qarshi emlangan. 

Shuningdek, Qrim Kongo Gemorragik isitma kasalligining oldini olish maqsadida 118 litr sipermetrin dori vositasi olib kelinib, 26 396 bosh qoramol va 13 587 bosh qo‘y-echki cho‘miltirilgan. 

📦 Vaksina zaxirasi hozirgi kunda tumanda: 

🔸 200 doza Nodulyar Dermotit; 

🔸 1 400 doza Yashur; 

🔸 340 doza Quturish; 

🔸 14 400 doza Ospa oves kasalliklariga qarshi vaksina zaxirasi
mavjud.
 

Shuningdek, dezinfeksiya tadbirlarini olib borish maqsadida 75 kg Kaustik soda zaxirasi shakllantirilgan. 

📌 Nazorat-tahlil tadbiri davomida veterinariya tadbirlarining tashkil etilishi, yuqumli kasalliklarga qarshi emlash ishlari, vaksina zaxiralari hamda
epizootik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
 

O‘rganish natijalari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga
olinadi.
 

Qonun talablarining amaldagi ijrosini ta’minlash, hayvonlar o‘rtasida yuqumli kasalliklarning oldini olish va veterinariya-sanitariya xavfsizligini
mustahkamlash doimiy e’tibor va tizimli nazoratni talab etadi. Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi esa, aniqlangan muammolarni belgilabgina qolmay, ularning bartaraf etilishini ta’minlashdan iborat.
 

  

👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 4