35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
2-sentabr - “Bilimlar kuni” munosabati bilan Marg‘ilon shahridagi 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
янв.21
📚 BILIMLAR KUNI MUBORAK BO‘LSIN!
янв.21
2-sentabr - “Bilimlar kuni” munosabati bilan Marg‘ilon shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishi o‘tkazilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari olib boriladi.
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILIB, NAZORATGA OLINDI
янв.21
YANGI BUNYODKORLIK -YANGI IMKONIYATLAR
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILIB, MUROJAATLAR NAZORATGA OLINMOQDA
янв.21
TA’LIM SIFATI VA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK DEPUTATLAR E’TIBORDA
янв.21
YUKSAK E’TIROF
Deputatlik faoliyati tahlil qilindi


Shu maqsadda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova Kengashning 7-“Bog‘ishamol” saylov okrugi deputati Sh.Allamuradovaning bugungi kundagi deputatlik faoliyatini tahlil qildi.

Tahlil jarayonida deputatning saylov okrugida olib borayotgan ishlari, fuqarolar bilan uchrashuv va muloqotlarni tashkil etishi, aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni o‘rganishi hamda ularning yechimini ta’minlash borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, saylovchilar bilan doimiy aloqada bo‘lish, hududdagi ijtimoiy va maishiy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish yuzasidan fikr va tavsiyalar bildirildi.

Tahlil yakunida deputatlik faoliyatini yanada takomillashtirish, saylovchilar bilan ochiq va samarali muloqotni kuchaytirish hamda hudud manfaatlarini Kengash faoliyatida faol ilgari surish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.