35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish maqsadida yangi va zamonaviy imkoniyat ishga tushirildi!
янв.21
Kuni kecha boʻlib oʻtgan Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining navbatdagi 31-sessiyasiga qisqacha sharx.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi o‘ttiz birinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi. Sessiyaga Kengash raisi Osimxon Axmatshayev raislik qildi.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz birinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILIB, DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
5-DO‘STLIK SAYLOV OKRUGIDA BO‘SHAB QOLGAN DEPUTATLIK O‘RNIGA SAYLOV BOʻLIB OʻTDI.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttizi birinchi sessiyasi boshlanish arafasida.
янв.21
NAVBATDAGI O‘TTIZ BIRINCHI SESSIYAGA TAYYORGARLIK KO‘RILMOQDA
Tibbiyot chiqindilarini boshqarish — ekologik xavfsizlik masalasi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi Fayzullayeva Malika Yarkunovna O‘zbekiston Respublikasining “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash, shuningdek, tibbiyot muassasalarida tibbiy chiqindilarni yig‘ish, saqlash, zararsizlantirish va utilizatsiya qilishga oid sanitariya qoidalari talablariga rioya etilishini o‘rganish maqsadida tumanda joylashgan 5-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida muassasada tibbiy chiqindilarni yig‘ish, vaqtincha saqlash, zararsizlantirish va belgilangan tartibda utilizatsiya qilish, shuningdek, chiqindilarning o‘z vaqtida va tegishli tartibda olib chiqib ketilishi holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida yuqumli kasalliklar shifoxonasi faoliyatidan kelib chiqib, biologik va epidemiologik xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan tibbiy chiqindilarni oddiy maishiy chiqindilardan alohida saqlash, ularni belgilangan sanitariya talablari asosida zararsizlantirish hamda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida olib chiqib ketilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Deputat tomonidan masalaga tanqidiy va prinsipial yondashilib, chiqindilarni shunchaki shifoxona hududidan olib chiqib ketishning o‘zi yetarli emasligi, ularning keyingi taqdiri — zararsizlantirilishi va utilizatsiya qilinishigacha bo‘lgan jarayon ham tegishli tartibda tashkil etilishi lozimligi ta’kidlandi.
Zero, tibbiyot chiqindilarini noto‘g‘ri saqlash yoki belgilangan talablarga zid ravishda muomalada bo‘lishi nafaqat sanitariya-epidemiologik xavfsizlikka, balki atrof-muhitga, tuproq va suv resurslariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu bois mazkur masala deputatning ekologik yo‘nalishdagi faoliyatining ham muhim qismi hisoblanadi.
Shuningdek, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish davlat ekologik siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shu nuqtayi nazardan, deputat tomonidan tibbiyot muassasasidagi chiqindilar bilan ishlash jarayoniga faqat maishiy tozalik emas, balki ekologik xavfsizlik nuqtayi nazaridan baho berildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiyot chiqindilarini o‘z vaqtida olib chiqib ketish, ularning zararsizlantirilishi va utilizatsiya jarayonlari ustidan nazoratni kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazoratida qoladi.

Slide 1 of 3