Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appakov tomonidan Navro‘z MFY hududiga biriktirilgan bank xodimi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqot davomida aholini moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kredit va boshqa bank xizmatlari bo‘yicha fuqarolarga tushuntirish berish masalalari muhokama qilindi.
Aholining murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarga amaliy yechim topish yuzasidan fikr almashildi.