#Qaror_Ijrosi #deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari
❗️ KENGASH QARORLARI IJROSI: MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARI HISOBIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN LOYIHALAR O‘RGANILDI
🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri Davronbek Ravshanbekov Toshkent shahar hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” Injiniring kompaniyasida bo‘lib, Kengash qarorlari va ularning ilovalarida belgilangan qurilish, ta’mirlash hamda obodonlashtirish loyihalarining ijro holatini o‘rgandi.
📝 O‘rganishda Kengashning 2025-yil 29-avgustdagi VII-14-137-14-0-K/25-son, 22-oktabrdagi VII-15-167-14-0-K/25-son, 7-noyabrdagi VII-16-179-14-0-K/25-son, 25-noyabrdagi VII-17-188-14-0-K/25-son, 2026-yil 12-martdagi VII-20-24-14-0-K/26-son, 14-maydagi VII-22-56-14-0-K/26-son hamda 4-avgustdagi VII-25-118-14-0-K/26-son “Toshkent shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida”gi qarorlari doirasida belgilangan vazifalar muhokama qilindi.
🔎 Qarorlar ilovalarida bolalar va sport maydonchalarini qurish va rekonstruksiya qilish, maktablar hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ta’mirlash, piyodalar yo‘laklarini tashkil etish, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish kabi qator loyihalar belgilangan.
📁 O‘rganishda ushbu loyihalarning amaldagi holati ham tahlil qilindi.
Xususan, Shayxontohur tumanidagi Bo‘ston, Yangi Jarariq, Ibn Sino, Beltepa va Katta Jarariq mahallalarida bolalar maydonchalarini qurish va qayta ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Tumandagi boshqa mahallalarda bolalar va mini-futbol maydonchalarini ta’mirlash hamda asfalt yotqizishga oid loyiha esa ekspertiza jarayonida.
🏫 Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Oqqo‘rg‘on” mahallasida joylashgan 556-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hovlisini asfaltlash va yozgi ayvonchalarni ta’mirlash hamda “Elobod” mahallasidagi 451-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining fasadini ta’mirlash ishlari yakunlanib, obyektlar foydalanishga topshirilgan.
💡 Yunusobod tumanida “Bobodehqon” mahallasidagi bolalar va sport maydonlarini rekonstruksiya qilish, tennis korti va mini-futbol maydonini yangilash, “Sevinch” mahallasidagi 250-son maktab mini-futbol maydonining sun’iy chim qoplamasini almashtirish hamda “Ahilobod” mahallasida bolalar va sport maydonini tashkil etish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
🏗 Shuningdek, Chilonzor tumanidagi bolalar maydonchasini ta’mirlash, Olmazor tumanidagi 16-son maktab sport maydonchasini ta’mirlash, 185-son maktabning isitish tizimini yangilash va futbol maydonchasini qurish, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 525-son DMTT sport maydonchasi va ochiq suv havzasini ta’mirlash bo‘yicha loyihalarning ijro holati ko‘rib chiqildi.
📍 Shu bilan birga, Mirobod tumanidagi “Lolazor” va “Abdulla Avloniy” mahallalarida bolalar va vorkaut maydonchalari hamda piyodalar yo‘lagini tashkil etish, Uchtepa tumanidagi “Hayratiy” va “Quyi Darxon” mahallalarida sport maskanlarini barpo etish, Mirobod tumanidagi 135-son DMTT va 214-son maktabni ta’mirlash, Yashnobod tumanidagi 342-son maktabning futbol, voleybol, basketbol va vorkaut maydonlarini ta’mirlash hamda qurish bo‘yicha belgilangan ishlarning holati muhokama qilindi.
📉 “Yagona buyurtmachi xizmati” IK mas’ullari bilan qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati va muddatlari, loyiha va ekspertiza jarayonlari, pudrat tashkilotlari faoliyati, texnik nazorat hamda ajratilgan budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ O‘rganish yakunida davom etayotgan ishlarni belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash, ekspertiza hamda pudratchini aniqlash bosqichidagi loyihalarni jadallashtirish, ajratilgan mablag‘larning manzilli va samarali sarflanishini ta’minlash, shuningdek, Kengash qarorlarida belgilangan har bir tadbir ijrosini tizimli nazorat qilib borish muhimligi ta’kidlandi.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash