35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Zuhro mahallasida obodonlashtirish masalalari deputatlik nazoratida
янв.21
Ta’lim muassasasidagi sharoitlar deputatlik nazoratida
янв.21
#deputat_nazorati #qonun_ijrosi
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish maqsadida yangi va zamonaviy imkoniyat ishga tushirildi!
янв.21
Kuni kecha boʻlib oʻtgan Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining navbatdagi 31-sessiyasiga qisqacha sharx.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi o‘ttiz birinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi. Sessiyaga Kengash raisi Osimxon Axmatshayev raislik qildi.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz birinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILIB, DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI
янв.21
Deputatlik nazorati
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati N.Shomatov tomonidan fuqaro murojaati asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida Qo‘qon shahar “Davronbek” mahalla fuqarolar yig‘ini Davronbek ko‘chasi 23-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Ochilov Hamidjon o‘z xonadonining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish masalasida amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qilgan.

Murojaatda fuqaroning yashash xonadoniga oid kadastr hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirishda amaliy ko‘mak ko‘rsatilishi so‘ralgan.

Shu munosabat bilan deputat tomonidan Qo‘qon shahar Kadastrlar palatasi boshlig‘i B.Erkaboyevga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida:
Qo‘qon shahar “Davronbek” MFY Davronbek ko‘chasi 23-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Ochilov Hamidjonning xonadonini kadastr hujjatlari qanday tartibda rasmiylashtirib berilishi yuzasidan fuqaro bilan uchrashib, o‘z nuqtai nazarini bayon etishi va kadastr hujjatlari qachon rasmiylashtirib berilishi bo‘yicha ma’lumot berishi;
Mazkur xonadonning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish muddatlari va jarayoni haqida batafsil ma’lumot taqdim etishi so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, deputatlik so‘roviga qonunchilikda belgilangan tartibda javob taqdim etilishi hamda murojaat yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2