35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kengash qarori ijrosi o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “21-Samarqand” saylov okrugi deputati T.To‘ychiboyev hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi U.Raximjonovlar tomonidan Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 2026-yil 6-iyundagi "tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash hamda joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yilga mo‘ljallangan manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida"gi VII-23-42-11-152-K/26-sonli qarori ijrosi o‘rganildi.

O‘rganish doirasida "Saidobod" mahalla fuqarolar yig‘i "Ahillik" ko‘chasining 350 metr qismini asfaltlash belgilangan bo‘lib, hozirda mazkur ko‘chani asfalt bosishga tayyorlov ishlari amalga oshirilmoqda.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha asfaltlashtirish ishlarini belgilangan standartlarga mos ravishda, sifatli hamda o‘z vaqtida foydalanishga topshirish yuzasidan deputat nazorati o‘rnatildi.

Slide 1 of 3