35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Zuhro mahallasida obodonlashtirish masalalari deputatlik nazoratida
янв.21
Ta’lim muassasasidagi sharoitlar deputatlik nazoratida
янв.21
#deputat_nazorati #qonun_ijrosi
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish maqsadida yangi va zamonaviy imkoniyat ishga tushirildi!
янв.21
Kuni kecha boʻlib oʻtgan Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining navbatdagi 31-sessiyasiga qisqacha sharx.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi o‘ttiz birinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi. Sessiyaga Kengash raisi Osimxon Axmatshayev raislik qildi.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz birinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILIB, DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI
янв.21
Deputatlik nazorati
Ichimlik suvi ta’minoti masalasi o‘rganildi

Ichimlik suvi ta’minoti masalasi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Egamqulova va bosh mutaxassis D.Shakarboyev tomonidan A.Navoiy MFY Shifokorlar ko‘chasida ko‘cha boshisi N.Yuldasheva bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida ko‘chadagi mavjud muammolar va fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot davomida Shifokorlar ko‘chasida jami 70 ta xonadon mavjudligi, shundan atigi 24 ta xonadonda ichimlik suvi mavjud, qolgan 46 ta xonadonda esa ichimlik suvi ta’minoti yo‘qligi ma’lum qilindi. Mazkur holat ko‘cha aholisiga jiddiy noqulaylik tug‘dirayotgani ta’kidlandi.

Ko‘cha boshisi N.Yuldasheva tomonidan ushbu muammoni ijobiy hal etish, xususan, ichimlik suvi ta’minoti mavjud bo‘lmagan xonadonlarga suv yetkazib berish masalasida amaliy yordam so‘rab murojaat qilindi. Deputatlar tomonidan murojaatni o‘rganish va tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda muammoni hal etish choralarini ko‘rish belgilandi.

Slide 1 of 3