Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 18-“Do‘rmancha” saylov okrugi deputati A.Umurzaqov hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi U.Raximjonov ishtirokida “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘inining “Muqimiy” ko‘chasida navbatdagi ko‘chama-ko‘cha o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida ko‘cha infratuzilmasi, aholi uchun yaratilgan sharoitlar hamda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar o‘rganildi.
Jumladan, fuqaro K.Maqsudov tomonidan “Muqimiy” ko‘chasining 300 metr qismi ta’mirtalab holga kelib qolganligi yuzasidan murojaat bildirildi. Mazkur yo‘l qismidagi mavjud holat aholi va transport vositalarining harakatlanishida qator noqulayliklar yuzaga keltirib chiqarayotganligi aniqlandi.
Aniqlangan mazkur masala deputatning "Ko‘chama-ko‘cha aylanish" daftariga qayd etilib, ijrosini ta’minlash maqsadida deputat nazoratiga olindi.