Muhokamalar davomida murojaatlar bilan ishlash samaradorligi, takroriy murojaatlarning oldini olish, muammolarni joyida hal etish hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlarining mas’uliyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yakunda mazkur masala yuzasidan tayyorlangan qaror loyihasi deputatlar tomonidan ma’qullanib, aholi murojaatlarining kelib chiqish sabablarini bartaraf etish, murojaatlar bilan ishlash sifatini yaxshilash va ijro intizomini kuchaytirish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli vazifalar belgilandi.