35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TADBIRKORLIK LOYIHALARI VA AHOLI BANDLIGI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
O‘rganish ishlari hududlarga chiqqan holda davom ettirilib, deputatga biriktirilgan loyihalardan biri Yangi bog‘ MFYda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining ish jarayoni bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
MAHALLADA TADBIRKORLIK VA BANDLIK MASALALARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ FUQAROLAR UCHUN MUNOSIB SHAROIT DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
янв.21
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
TADBIRKORLIK FAOLIYATI ERKINLIGI QONUN IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA VA XIZMATLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
Marg‘ilon shahrida himoya orderi olgan xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlarning holati o‘rganildi
#Chinoz_tumani Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi


🏛 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga 21-Sharof Rashidov saylov okrugidan saylangan deputat R.Fozilova tomonidan mahalla xotin-qizlar faoli Asila Abdurashidovaning xotin-qizlar bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish borasida amalga oshirayotgan ishlari samaradorligi o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy muammolarini hal etish hamda turmush sharoitini yaxshilash borasida bir qator amaliy ishlar amalga oshirilgani qayd etildi. Jumladan, 2 nafar fuqaroga 6 oylik ijara kompensatsiyasi to‘lab berilgan, 2 nafar fuqaroga uy-joyini ta’mirlash uchun amaliy yordam ko‘rsatilgan. Shuningdek, ko‘z jarrohligiga muhtoj bo‘lgan 1 nafar fuqaroga zarur yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilgan.

🤝 Mahalladagi oilaviy muhitni sog‘lomlashtirish va xonadonlarda tinchlik-totuvlikni ta’minlash maqsadida 20 ta oilaviy nizo bartaraf etilib, muammoli oilalar bilan individual ishlash yo‘lga qo‘yilgan.

🌿 Bundan tashqari, xotin-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ruhiy va jismoniy hordiq chiqarishlarini ta’minlash maqsadida 10 nafardan ortiq ayolning 3 kunlik dam olish maskaniga — Bo‘stonliq tumaniga borishi tashkil etilgan.

🏡 O‘rganish davomida fuqarolarning xonadonlariga ham borilib, ularning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishildi. Jumladan, Qurbonova Go‘zal Bektemirovnaning xonadoni alohida e’tiborga loyiq ekani qayd etildi. Xonadon egasi o‘z qo‘llari bilan turli xil gultuvaklar yasab, ularda gullarni mehr bilan parvarishlab kelayotgani, hovli va xonadonini obod hamda fayzli saqlayotgani tahsinga sazovor.

O‘rganish yakunida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 6