35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Tashabbusli budjet loyihasi — amalda

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbayevich Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov bilan birgalikda “Naymanko‘l” OFY 1-Nayman saylov okrugi hududidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Tashabbusli budjet loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlarning bugungi holatini o‘rgandi.

🏫 Mazkur loyiha doirasida maktab hududida o‘quvchi-yoshlar uchun mini futbol maydoni, basketbol maydoni hamda vorkaut maydonchasi barpo etilgani qayd etildi.

🔍 O‘rganish davomida yaratilgan sport maydonchalarining hozirgi holati, foydalanish imkoniyati va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Ushbu loyiha maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3