35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat bank filialida fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan Zomin tuman AT Agrobank filialida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda mijozlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida bank filialida aholiga xizmat ko‘rsatish jarayoni, kutish zallari, elektron navbat tizimi, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan qulayliklar, kredit va bank xizmatlari bo‘yicha maslahat berish tizimi hamda murojaatchilar uchun yaratilgan boshqa sharoitlar bilan tanishildi.

Shuningdek, fuqarolarga sifatli va tezkor bank xizmatlarini ko‘rsatish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda xizmat ko‘rsatish madaniyatini yanada oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.