O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, axborot resurslari va tizimlaridan samarali foydalanish hamda axborot xavfsizligini ta’minlashning mustahkam huquqiy asoslarini belgilab beradi.
💬Mazkur qonun asosida davlat organlari, tashkilotlar va fuqarolarning axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilib, elektron xizmatlarni rivojlantirish, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish hamda zamonaviy axborot tizimlarini joriy etish uchun zarur huquqiy mexanizmlar yaratilmoqda.
💬Qonunning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
🟢axborot resurslari va axborot tizimlarini rivojlantirish;
🟢elektron davlat xizmatlarini yanada kengaytirish va takomillashtirish;
🟢axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha samarali choralarni amalga oshirish;
🟢zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng va samarali foydalanishni rag‘batlantirish.
💬Bugungi raqamli davrda axborotdan oqilona foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni hayotga tatbiq etish hamda kiberxavfsizlikni ta’minlash davlat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
🫥Shu bois, axborotlashtirish sohasidagi huquqiy me’yorlarning izchil amalga oshirilishi Yangi O‘zbekistonning raqamli taraqqiyoti, ochiq va samarali boshqaruv tizimini shakllantirish hamda fuqarolarga qulay xizmatlar ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.