O‘rganish davomida maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, sinf xonalari, moddiy-texnika bazasi, obodonlashtirish ishlari, sanitariya-gigiena talablariga rioya etilishi hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mavjud holat yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiya va takliflar berildi.
Yosh avlodning zamonaviy, xavfsiz va qulay muhitda ta’lim olishini ta’minlash, ta’lim muassasalarining yangi o‘quv yiliga to‘liq tayyor holatga keltirilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazoratida davom ettiriladi.