35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TADBIRKORLIK LOYIHALARI VA AHOLI BANDLIGI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
O‘rganish ishlari hududlarga chiqqan holda davom ettirilib, deputatga biriktirilgan loyihalardan biri Yangi bog‘ MFYda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining ish jarayoni bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
MAHALLADA TADBIRKORLIK VA BANDLIK MASALALARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ FUQAROLAR UCHUN MUNOSIB SHAROIT DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
янв.21
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
TADBIRKORLIK FAOLIYATI ERKINLIGI QONUN IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA VA XIZMATLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
Marg‘ilon shahrida himoya orderi olgan xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlarning holati o‘rganildi
Deputat tashabbusi bilan "Ahil" mahallasida aniqlangan muammolar bartaraf etildi
Deputat tashabbusi bilan "Ahil" mahallasida aniqlangan muammolar bartaraf etildi

⚡️ Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Abdujalil Xasanov tashabbusi bilan "Ahil" MFY ko‘cha boshilari A. Riyinbayev va M. Yakubova, mahalla faollari ishtirokida mahalla hududi va saylov okrugidagi maktabgacha ta'lim tashkiloti atroflarida obodonlashtirish ishlari holati joyiga chiqib o‘rganilgan edi.

💡 O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchilik va muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga amaliy topshiriqlar berilib, qisqa muddatda ularning barchasi bartaraf etildi. Hudud obodonlashtirildi, ko‘chalar tartibga keltirildi, atrof-muhit sanitariya holati yaxshilanib, fuqarolar uchun yanada qulay va xavfsiz sharoit yaratildi.

💦 Mazkur ishlar deputatning aholi manfaatlarini ta'minlash, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda mahallalarda obod va fayzli muhitni yaratishga qaratilgan tashabbuslari doirasida amalga oshirildi.

Amalga oshirilgan ishlar quyidagi qonunlar ijrosi:

🔹 Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, №754-XII;
🔹 O‘zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida"gi Qonuni;
🔹 O‘zbekiston Respublikasining "Obodonlashtirish to‘g‘risida"gi Qonuni (O‘RQ-955);
🔹 O‘zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi Qonuni (O‘RQ-445).

📌 Deputat tashabbusi bilan hududlarda obodonlashtirish, aholi murojaatlariga yechim topish va mahallalarda qulay yashash muhitini yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.
Slide 1 of 10