35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TADBIRKORLIK LOYIHALARI VA AHOLI BANDLIGI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
O‘rganish ishlari hududlarga chiqqan holda davom ettirilib, deputatga biriktirilgan loyihalardan biri Yangi bog‘ MFYda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining ish jarayoni bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
MAHALLADA TADBIRKORLIK VA BANDLIK MASALALARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ FUQAROLAR UCHUN MUNOSIB SHAROIT DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
янв.21
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
TADBIRKORLIK FAOLIYATI ERKINLIGI QONUN IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA VA XIZMATLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
Marg‘ilon shahrida himoya orderi olgan xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlarning holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Mirzo Ulug‘bek mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
💠Xalq deputatlari Shirin Sirdaryo viloyati Kengashi deputati
B.Sobirov hamda Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati M. Salimova tomonidan Mirzo Ulug‘bek mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

✅Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan dolzarb masalalar muhokama qilindi. Xususan, ichki yo‘llarni ta'mirlash, tungi yoritish tizimini yaxshilash, ko‘p qavatli uylar atrofini obodonlashtirish, bolalar maydonchalarini ta'mirlash, daraxtlarni sanitariya maqsadida butash hamda ichimlik suvi ta'minoti bilan bog‘liq masalalar aholi tomonidan ko‘tarildi.

📌Shuningdek, yoshlar bandligini ta'minlash, xotin-qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

📎Uchrashuv yakunida bildirilgan murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilishi hamda ijrosi deputatlik nazoratiga olinishi ta'kidlandi.

Slide 1 of 3