35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz birinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILIB, DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
5-DO‘STLIK SAYLOV OKRUGIDA BO‘SHAB QOLGAN DEPUTATLIK O‘RNIGA SAYLOV BOʻLIB OʻTDI.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttizi birinchi sessiyasi boshlanish arafasida.
янв.21
NAVBATDAGI O‘TTIZ BIRINCHI SESSIYAGA TAYYORGARLIK KO‘RILMOQDA
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz birinchi sessiyasi bugun soat 14:00 da bo‘lib o‘tadi.
янв.21
HUDUDDAGI ARIQ SUV YO‘LI TIKLANMOQDA
янв.21
MAHALLALARDAGI DOLZARB MASALALAR O‘RGANILDI
Sport maktabida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan Qo‘qon shahar 2-sonli sport maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida sport maktabida yosh sportchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sport zallari, mashg‘ulot maydonlari, mavjud sport inventarlari hamda o‘quv-mashg‘ulot jarayonining tashkil etilishi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, sport bilan shug‘ullanuvchilar uchun yaratilgan qulay muhit, xavfsizlik talablariga rioya etilishi, sport inshootlarining texnik holati hamda sportchilarni sifatli tayyorlash uchun mavjud imkoniyatlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish jarayonida sport maktabida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb etish hamda sportning ommaviyligini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2