35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#deputat_nazorati #biriktirilgan_tashkilot #qonun_ijrosi #kotibiyat_mudiri
янв.21
Eshonguzar ko‘chasidagi yo‘l ta’miri va mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Yangi bog‘ mahallasida loyihaning ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi bog‘ mahallasida hokim yordamchisi faoliyati deputatlik nazoratida
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
📊 IJTIMOIY TARMOQLARDA HAFTALIK FAOLIYAT
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo'yicha doimiy komissiya tarkibi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashi deputatlari 24-28-avgust kunlari o'z saylov okruglarida o'rganishlar tashkil etish reja jadvali.
янв.21
KENGASH QARORI
янв.21
Marg‘ilon shahar Kengashining 24-28 avgust kunlari uchun ish rejasi
AHOLI MUROJAATLARI VA MUAMMOLARNI O‘RGANISH — E’TIBOR MARKAZIDA.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati, 11-Navro‘z saylov okrugi deputati To‘rayev Norquvvot tomonidan hududda aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolar murojaatlarini tinglash va ularning muammolarini o‘rganish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

O‘rganishlar davomida ko‘chama-ko‘cha yurib, aylanma daftar asosida fuqarolarning murojaatlari va muammolari o‘rganilib, ularni tegishli tartibda hal etish choralariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Har bir murojaatning ortida inson taqdiri va uning hayotiy muammosi turganini inobatga olgan holda, fuqarolar bilan samimiy muloqot qilish, muammolarni joyida aniqlash hamda ularning yechimi bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish — deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Bunday amaliy ishlar mahalla yettiligi faoliyatini samarali tashkil etish, aholi muammolarini manzilli hal qilish va fuqarolarning murojaatlariga e’tibor va mas’uliyat bilan yondashishga xizmat qilmoqda

Slide 1 of 4