35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#deputat_axboroti DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERADI
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish maqsadida yangi va zamonaviy imkoniyat ishga tushirildi!
янв.21
#qonu_targʻiboti Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Unda kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova va ekspert-maslahat guruhi a’zosi, Nuroniy jamg‘armasi shahar boʻlimi boshligʻi S.Toshpo‘latov ishtirok etdilar.
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
янв.21
#deputat_axboroti DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI
янв.21
#deputatlar_nazorati DEPUTAT TOMONIDAN IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
#haftalik_tahlil MAHALLIY KENGASHLAR KOTIBIYATLARI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
#deputat_nazorati KENGASH QARORI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
янв.21
#qonun_targʻiboti O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 3-maydagi O‘RQ-97-sonli "Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida"gi Qonuni aholining salomatligini mustahkamlash, yod tanqisligi oqibatida yuzaga keladigan kasalliklarning oldini olish hamda sifatli yodlangan oziq-ovqat mahsulotlari iste'molini ta'minlashga qaratilgan.
#deputat_nazorati Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda hududlarda mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish — xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlarining muhim vazifalaridan biridir.

Shu maqsadda, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati S.Jo‘rayeva tomonidan saylov okrugidagi “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘ini Bobodehqon ko‘chasida yashovchi koʻcha faollari bilan birga fuqarolarning elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

Mazkur murojaatda fuqarolar hududdagi elektr ta’minoti sifatini yaxshilash maqsadida amalga oshirilgan ishlar uchun minnatdorlik bildirgan holda, yangi o‘rnatilgan transformator faoliyati bilan bog‘liq ayrim noqulayliklar mavjudligini ma’lum qilgan.

Ta’kidlash joizki, hududda elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida homiylar ko‘magi hamda shahar elektr tarmoqlari korxonasi tashabbusi bilan avvalgi 160 kVA quvvatli transformator o‘rniga 250 kVA quvvatli yangi transformator punkti o‘rnatilgan. Mazkur yangilanish natijasida aholi xonadonlarining elektr ta’minoti sifati yaxshilangan.

Biroq, yangi transformator ish jarayonida yuqori shovqin bilan ishlayotgani sababli yaqin atrofda istiqomat qiluvchi fuqarolarga, ayniqsa tungi vaqtlarda, noqulaylik tug‘dirayotgani yuzasidan murojaat kelib tushgan.

Deputat S.Jo‘rayeva mazkur masalani joyiga chiqqan holda o‘rganish maqsadida soha mutaxassislari bilan birgalikda Bobodehqon ko‘chasida bo‘lib, aholi vakillari bilan uchrashdi. O‘rganish jarayonida transformatorning texnik holati ko‘zdan kechirilib, shovqin kelib chiqish sabablari atroflicha tahlil qilindi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan shahar elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislariga transformator faoliyatini texnik jihatdan o‘rganish, shovqin darajasini kamaytirish hamda mavjud muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
“Aholi murojaatlari deputatlik faoliyatimizda doimo ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Fuqarolarning osoyishtaligi va qulay yashash sharoitlarini ta’minlash maqsadida mazkur masala bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib boramiz”,
— dedi deputat S.Jo‘rayeva.

Mazkur masala O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi O‘RQ-940-son “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatiga ham bevosita uyg‘un hisoblanadi. Ushbu Qonun energiya resurslaridan oqilona foydalanish, energiya samaradorligini oshirish, energiya infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish hamda iste’molchilarga sifatli va xavfsiz energiya xizmatlarini ko‘rsatishni ta’minlashga qaratilgan.

Qonunga muvofiq, energiya ta’minoti obyektlaridan foydalanishda energiya samaradorligi bilan bir qatorda ularning texnik xavfsizligi, amaldagi me’yor va standartlarga muvofiqligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois deputat tomonidan transformatorning texnik holatini joyiga chiqib o‘rganish, mutaxassislarni jalb etish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilishi qonun talablarini amalda ta’minlashga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati tomonidan fuqarolar murojaati ijrosi alohida nazoratga olinib, muammoni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4