#okrugda_organish
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 11-Emalchi saylov okrugidan saylangan deputati A.Tavboyev tomonidan Ko‘paki mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala doirasida o‘rganildi.
O‘rganish davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlash, ularning muammo va ehtiyojlarini aniqlash, ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati hamda belgilangan vazifalarning ijrosi tahlil qilindi.
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning holati ko‘zdan kechirilib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|