#24_ta_masala
#biriktirilgan_tashkilot
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Israilova hamda tegishli tashkilotlar mas’ullari ishtirokida xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga ko‘mak ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborotlar tinglandi.
Shuningdek, mavjud muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish hamda bu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|