Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov tomonidan 16-Ipak yo‘li saylov okrugiga qarashli Ipak yo‘li mahalla fuqarolar yig‘inida Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar doimiy nazoratga olinmoqda.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi.Sessiyaga Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi Osimxon Axmatshayev raislik qildi.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi boshlanish arafasida.
янв.21
Deputatlar Axborot-kutubxona markazi filiali faoliyatini o‘rgandilar
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, 23-Chilonzor saylov okrugi deputati E.Yunusov hamda deputat A.Mahkamov tomonidan Chilonzor mahalla fuqarolar yig‘inida hudud infratuzilmasi va kommunal xizmatlar holati yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Mirzayev o‘ziga biriktirilgan tashkilot Marg‘ilon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i I.Saidakbarov bilan uchrashib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda dolzarb masalalar yuzasidan muhokama o‘tkazdi.
янв.21
"Ochiq budjet" jarayonining 2026-yil 1-mavsumi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova 21-B.Marg‘inoniy saylov okrugida joylashgan Yangibog‘ mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hudud infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdilar.
Siz bilesizbe


“Kengash bor, deputatlar bor…
lekin kotibiyat nima ish qiladi?”
Ko‘pchilik bu haqda bilmaydi.
Aslida esa kotibiyat — butun tizimning “orqa sahnasi”.

❓ Kotibiyat — bu kim?
👉 Xalq deputatlari Kengashining ishini tashkil etuvchi organ
🔼 deputatlar faoliyatini ta’minlaydi
🔼 hujjatlar bilan ishlaydi
🔼 sessiyalarni tayyorlaydi
Ya’ni kotibiyat bo‘lmasa — tizim ishlamaydi

📌 Kotibiyat nima ishlar qiladi?
👉 Eng asosiy vazifalar:
☄️ sessiya kun tartibini shakllantiradi
☄️ hujjatlarni tayyorlaydi va tarqatadi
☄️ qarorlarni rasmiylashtiradi
☄️ ijroni nazorat qilishga ko‘maklashadi

🔍 Yana qanday vazifalar bor?
🌐 deputatlik so‘rovlarini yuritadi
🌐 doimiy komissiyalar ishini muvofiqlashtiradi
🌐 aholi murojaatlari bilan ishlaydi
🌐tahlil va ma’lumot tayyorlaydi

⚖️ Eng muhim jihat:
👉 kotibiyat:
‼️ qaror qabul qilmaydi
‼️ lekin qaror qabul qilinishiga sharoit yaratadi
📌 Ya’ni u — tashkiliy va tahliliy markaz

⚡️ Qiziq fakt:
👉 Sessiyadagi har bir masala
👉 har bir hujjat
👉 har bir qaror
— avval kotibiyat orqali o‘tadi

🔥 Qisqacha:
Deputatlar — qaror qabul qiladi
👉 Kotibiyat — shu jarayonni ishlatadi